Aviakompaniyalar foydani oshirish uchun premium xizmatlarni kengaytirmoqda
Yoqilgʻi narxi oshib borayotgan bir paytda tashuvchilar qulay oʻrindiqlar sonini koʻpaytirib, yoʻlovchilarga kengroq kreslolardan tortib yaxshilangan taomlargacha boʻlgan qoʻshimcha xizmatlarni taklif qilmoqda, deb xabar beradi Euronews.

AQShda reyslardagi premium oʻrindiqlar soni 2020-yildan buyon 33 foizga oshdi. Shu bilan birga, American Airlines bunday chiptalar oʻrindiqlarning atigi 30 foizini egallashiga qaramay, chipta savdosidan tushadigan daromadning qariyb yarmini taʼminlashini qayd etmoqda. 2026-yilning uchinchi choragida American Airlinesʼning premium xizmatlardan olgan daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 22,9 foizga oshdi.
United Airlines 2027-yildan boshlab ekonom-klass yoʻlovchilariga uchta oʻrindiqdan iborat boʻlib, divanga aylantirilishi mumkin boʻlgan Relax Row qatorini taklif qilishni rejalashtirmoqda. Delta premium salonlaridagi menyu va jihozlarni yangilamoqda, Singapore Airlines esa uzoq masofaga parvoz qiluvchi samolyotlar salonlarini modernizatsiya qilish uchun 1,4 mlrd yevro sarmoya kiritadi.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, qimmatroq oʻrindiqlar tashuvchilarga koʻproq foyda keltiradi. Biroq premium zonalarni kengaytirish ekonom-klassdagi oddiy oʻrindiqlar sonini kamaytirishi mumkin.
Yana oʻqing

Sunʼiy intellekt bumerangi: kompaniyalar neyron tarmoqlari bilan almashtirilgan xodimlarini qaytarmoqda
Biznes14:56
Valve Steam oʻyinlari ishlab chiquvchilariga yuqori savdolar uchun qimmat shokolad sovgʻa qilmoqda
Biznes11:15
