Mavzular
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonda 5 million tonnadan ortiq paxta yigʻib olindi

Fermerlarning paxta yetishtirishdan oladigan sof foydasi 13–14 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

5-noyabr, 18:41По-русски

Read in English

Unsplash — Lily Miller на Unsplash

Soʻnggi yillarda ekin maydonlari 38 foizga qisqardi, biroq oʻrtacha hosildorlik gektariga 21 sentnerdan 56 sentnergacha oshdi. Qariyb 70 ming gektar maydonda gektaridan 100–110 sentnerdan hosil olindi. Hosilning 85 foizi 30–35 kun ichida 3 mingdan ortiq mashina yordamida yigʻib olindi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida paxta terimi toʻliq mexanizatsiyalashgan.

2027-yilda hukumat yangi navlar, agrodrone va suv tejovchi texnologiyalar hisobiga oʻrtacha hosildorlikni gektariga 65–70 sentnergacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Yana oʻqing