Toshkent turkiy dunyoning 2027-yildagi turizm poytaxti maqomini oldi
Ramziy kalit 7 noyabr kuni Istanbulda Turkiy dunyoning VI xalqaro «Korkut Ata» kinofestivalining yopilish marosimida Oʻzbekistonga topshirildi.

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy uni Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Akkulovga topshirdi. 2026-yilda bu maqom Anqaraga tegishli edi.
Abdulaziz Akkulov turkiy davlatlar vakillarini Toshkentga taklif qildi. Shuningdek, u kino arboblarini Oʻzbekistonga tashrif buyurishga va oʻz asarlari orqali xorijiy auditoriyani mamlakatning qadimiy shaharlari, yodgorliklari, tabiati hamda madaniy merosi bilan faolroq tanishtirishga chaqirdi.
Mehmet Nuri Ersoyning aytishicha, yangi maqom turkiy dunyo davlatlari oʻrtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar ochadi.



