Mavzular
Biznes

2027 yilda Teslaʼning asosiy raqiblari maʼlum qilindi

Elektromobillar bozori tobora raqobatbardosh boʻlib bormoqda. Ishlab chiqaruvchilar Teslaʼning mashhur modellariga muqobil variantlarni taklif etib, yurish masofasi, qulaylik va hamyonboplikka urgʻu bermoqda, deb yozadi CarBuzz.

11-noyabr, 14:41По-русски

Read in English

Tesla Model Y raqiblaridan biri — Amerikaning Rivian ishlab chiqaruvchisiga tegishli Rivian R2 elektr krossoveridir. Model keng saloni va yoʻldan tashqarida harakatlanish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. 2027 yilda uning yanada hamyonbop versiyasi paydo boʻlishi kutilmoqda.

BMW Neue Klasse elektromobillar turkumini rivojlantirmoqda. iX3 krossoveri oshirilgan yurish masofasi va tez quvvatlanishni taklif etadi, i3 elektr sedani esa Tesla Model 3 segmentidagi raqobatni kuchaytirishi kutilmoqda.

Amerikaning Lucid kompaniyasi 2027 yilda chiqarilishi rejalashtirilgan oʻrta oʻlchamli Cosmos krossoverini tayyorlamoqda. Ishlab chiqaruvchi xaridorlarni yanada hamyonbop model orqali jalb etishga umid qilmoqda.

Yangi platformada hamyonbop elektromobillarni ishlab chiqayotgan Ford avtomobil konserni ham raqobatni kuchaytirmoqda. 2027 yilga kelib, Tesla xaridorlari uchun yanada koʻproq muqobil variantlar paydo boʻlishi mumkin.