Oʻzbekistonda davlat xaridlari uchun tovarlarni tanlash qoidalari oʻzgartiriladi
Davlat xaridlarida tovarning nafaqat narxi, balki undan foydalanish xarajatlari ham hisobga olinadi.

Bu haqdagi oʻzgarishlar 9 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sohasi vakillari bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Yangi yondashuv tovarning butun xizmat muddati davomida uning toʻliq qiymatini, jumladan, elektr energiyasi, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini baholashni nazarda tutadi.
Uchrashuvda ikkita transformator misol qilib keltirildi. Import qilingan transformator mahalliy transformatorga qaraganda 400 ming soʻmga arzonroq boʻlgan, biroq u 10 foiz koʻproq energiya sarflagan, uni taʼmirlash xarajatlari esa toʻrt baravar yuqori boʻlgan.
Davlat har yili 10 trln soʻmlik elektrotexnika mahsulotlarini xarid qiladi. Buyurtmalar allaqachon yagona platformada birlashtirilgan, 2027 yil 1 yanvardan esa xaridlarning uch yillik rejalari oldindan eʼlon qilina boshlaydi.
Kutilishicha, bu oʻzgarishlar kompaniyalarga ishlab chiqarishni rejalashtirish va tejamkorroq mahsulotlarni taklif qilish imkonini beradi.
Yana oʻqing

AQSh va Eron oʻrtasidagi kelishuvga boʻlgan umidlar fonida Brent nefti narxi tushdi
Iqtisodiyot va moliya18:00
Nvidia aksiyalari bosh direktor boʻyicha tergov fonida 6% pasaydi
Iqtisodiyot va moliya9-noyabr, 19:56
