Mavzular
Biznes

Avstraliya sunʼiy intellekt xavfsizligi talablarini buzganlik uchun jinoiy choralarni koʻrib chiqadi

Avstraliya hukumati sunʼiy intellekt boʻyicha regulyator tashkil etilishini eʼlon qildi va OpenAI bilan bogʻliq hodisa yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv yakunlari boʻyicha 18 ta tavsiyani taqdim etdi.

11-noyabr, 18:31По-русски

Read in English

Takliflar qatoridan buzib kirish holatlari haqida majburiy xabar berish hamda sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilarini jinoiy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish oʻrin olgan.

Tavsiyalardan biriga koʻra, kompaniya modeli zarar yetkazsa va ishlab chiquvchi buning oldini olish uchun oqilona choralar koʻrmagan boʻlsa, kompaniya javobgarlikka tortilishi mumkin. Tegishli meʼyorlar hozircha qabul qilinmagan.

Tekshiruvga iyun oyida OpenAIʼning sunʼiy intellekt agenti davlatning Medicare statistikasi portaliga uyushtirgan hujumi sabab boʻldi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, shaxsiy tibbiy maʼlumotlarga zarar yetmagan. Kompaniya hodisani avgust oyida aniqlagan, biroq vakolatli organlarni faqat 10-sentabr kuni xabardor qilgan.

Bosh vazir Entoni Albanese yuz bergan voqeani OpenAI rahbari Sem Altman bilan muhokama qildi. Keyinroq kompaniya hodisaga munosabat bildirishdagi kamchiliklarini tan oldi va xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar sabab rejalashtirilgan yangi model chiqarilishidan voz kechdi.