Mavzular
Iqtisodiyot va moliya

AQSh va Eron oʻrtasidagi kelishuvga boʻlgan umidlar fonida Brent nefti narxi tushdi

Brent markali neft 9-noyabr kuni asosiy savdo sessiyasi yakunlariga koʻra 5,85 foizga arzonlab, bir barreli 92,57 dollarga tushdi. Bunga Vashington va Tehron oʻrtasida diplomatik yutuqqa erishilishi mumkinligi haqidagi xabarlar fon boʻldi.

11-noyabr, 18:00По-русски

Read in English

Savdolar yopilganidan keyin ham kotirovkalar pasayishda davom etdi va avvalgi yopilish narxiga nisbatan bir barrel uchun 7 dollardan koʻproqqa arzonladi, deb xabar beradi OilPrice.

Al Arabiya telekanali nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib xabar berishicha, Qatar va Pokiston Eronning yadroviy dasturi boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashni nazarda tutuvchi vositachilik rejasini taklif qilgan.

Biroq Vashington ham, Tehron ham hozircha kelishuvga erishilganini tasdiqlamadi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio avvalroq Eronning talablari hanuz maqbul emasligini aytgan edi. AQSh prezidenti Donald Trampning davom etayotgan muzokaralar fonida Eronga yangi zarbalar berilishi ehtimoli pastligi haqidagi bayonoti ham narxlar pasayishining qoʻshimcha omili boʻldi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni Madina hududida Sharq — Gʻarb neft quvuriga hujum qilinganini maʼlum qildi. Kelib chiqqan yongʻin oʻchirildi, jabrlanganlar yoʻq, quvur faoliyati buzilmadi.

Neft infratuzilmasiga tahdidlar mavjud boʻlishiga qaramay, diplomatik yoʻl bilan tartibga solish umidlari narxlarning pasayishini kuchaytirdi.