Mavzular
Biznes

Oʻzbekistonda qurilayotgan turar joy majmualari reklamasini cheklashlari mumkin

Uchinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi loyiha deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilmaguncha qurilayotgan turar joy majmualari va xonadonlar reklamasini taqiqlaydi.

11-noyabr, 13:55По-русски

Read in English

Qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari qabul qildi. Hujjat Senat koʻrib chiqishi uchun yuborildi, shu sababli yangi talablar hozircha kuchga kirmagan.

Cheklov alohida xonadonlar reklamasiga ham, butun turar joy majmuasini targʻib qilishga ham tatbiq etiladi. Quruvchi loyiha deklaratsiyasi Yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin obyektni reklama qilishi va uy-joyni xaridorlarga taklif qilishi mumkin. Unda qurilish obyekti haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.

Shu bilan birga, koʻp kvartirali uylarni ruxsatsiz qurganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari, mansabdor shaxslarga esa 450 baravari miqdorida jarima belgilangan. Maʼmuriy jazo qoʻllanganidan keyin qoidabuzarlik takrorlangan taqdirda, jinoiy javobgarlik yuzaga keladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan qonun loyihasida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasining vakolatlari aniqlashtirilmoqda. Qurilishdagi qoidabuzarliklar uchun boshqa javobgarlik choralari saqlanib qoladi. “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” tamoyili 2027 yildan amal qila boshlashi kerak.