Mavzular
Iqtisodiyot

Dream Chaser kosmoplani AQShda qoʻnishga ruxsat oldi

Amerikaning Sierra Space kompaniyasi Dream Chaser kosmoplanining ilk orbital parvoziga bir qadam yaqinlashdi.

13-noyabr, 11:52По-русски

Read in English

naked-science.ru

AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) apparatga kosmosdan qaytib, Kaliforniyadagi Vandenberg bazasiga qoʻnishga ruxsat berdi, deb xabar beradi Naked Science.

Litsenziya besh yil amal qiladi va apparat konstruksiyasi hamda parvoz parametrlari oʻzgarmagan taqdirda, yiliga orbitadan toʻrt martagacha qaytishga imkon beradi.

Tenacity deb ataladigan seriyadagi birinchi kosmoplan yigʻma qanotlar bilan jihozlangan. Uni orbitaga Vulcan Centaur raketasi olib chiqishi kerak. Oddiy qayta foydalaniladigan kapsulalardan farqli ravishda, Dream Chaser samolyot kabi uchish-qoʻnish yoʻlagiga qoʻna oladi.

Apparat Yerga qariyb 1,85 tonna yuk, jumladan, ilmiy tajribalar natijalari va nozik uskunalarni yetkazib bera oladi.

Birinchi parvoz dastlab 2027-yil bahoriga moʻljallangan. Biroq FAA ruxsati kosmoplanning faqat qaytishi va qoʻnishiga taalluqli boʻlib, uning uchirilishiga emas.