Mavzular
Jamiyat

Titanikdan uzun layner sunʼiy rifga aylandi

SS United States Florida sohillari yaqinida eng yirik sunʼiy rifni yaratish uchun ataylab choʻktirildi. Kema Meksika qoʻltigʻida taxminan 55 metr chuqurlikda tubga yotdi.

12-noyabr, 18:40По-русски

Read in English

Brian.S.W / Wikimedia Commons

SS United States okean layneri 11 noyabr kuni dengizga olib chiqildi. Uning korpusida teshiklar ochildi va ular orqali ichkariga suv kira boshladi. Kema tubga tik holatda tushdi.

Tashkilotchilar layner taxminan bir soat ichida suv ostiga ketadi, deb hisoblagan, biroq jarayon choʻzilib ketdi.

Endi kema taxminan 55 metr chuqurlikda, uning yuqori palubalari esa suv sathidan qariyb 18 metr pastda joylashgan. Yangi obyekt okrugdagi taxminan 500 ta sunʼiy rifdan biriga aylanadi.

SS United States 1946 yilda loyihalashtirilgan. Layner 1952 yildagi ilk reysi chogʻida Atlantika okeanini kesib oʻtish tezligi boʻyicha rekord oʻrnatgan. Uning uzunligi qariyb 305 metr, «Titanik»ning uzunligi esa 269 metr edi.

Layner yoʻlovchilari orasida turli yillarda Garri Trumen, Jon F. Kennedi, Bill Klinton, Merilin Monro, Uolt Disney, Salvador Dali va Koko Shanel boʻlgan. 1963 yilda kema Leonardo da Vinchining «Mona Liza» asarini Atlantika okeani orqali olib oʻtgan.

Layner 1969 yilda foydalanishdan chiqarilgan. Shundan soʻng SS United States 30 yil davomida pristan yonida qolgan. Tarixiy merosni muhofaza qiluvchi tashkilotlar kemani qayta tiklashga bir necha bor erishishga uringan, biroq 2026 yilda rasmiylar undan sunʼiy rif yaratish uchun foydalanishga qaror qilgan.