Mavzular
Texnologiyalar

The Hollywood Reporter AQShdagi eng yaxshi animatsiya maktablarini tanladi

Amerikaning The Hollywood Reporter jurnali animatsiya industriyasi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan AQShdagi oʻnta taʼlim muassasasini tanishtirdi. Tanlovda taʼlim sifati, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, kinostudiyalar bilan hamkorlik va bitiruvchilarning ishga joylashish istiqbollari hisobga olindi.

24-noyabr, 13:00По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Roʻyxatdan Brigham Young universiteti, Kaliforniya sanʼat instituti, Long-Bichdagi Kaliforniya shtat universiteti, De Pol universiteti, Rod-Aylend dizayn maktabi, Ringling sanʼat va dizayn kolleji, Savannah sanʼat va dizayn kolleji, Vizual sanʼat maktabi, Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti va Janubiy Kaliforniya universiteti oʻrin oldi.

Mualliflar talabalarni amaliy tayyorlashga alohida eʼtibor qaratdi. Koʻplab dasturlarda yirik animatsiya kompaniyalarida stajirovka oʻtash, oʻz filmlari ustida ishlash, soha mutaxassislari bilan uchrashish va portfolio yaratishda koʻmaklashish imkoniyati koʻzda tutilgan.

Mualliflar animatsiya industriyasi oʻzgarishlarni boshdan kechirayotganini taʼkidlaydi: studiyalar ishlab chiqarish hajmini qisqartirmoqda, sunʼiy intellekt esa odatiy ish jarayonlarini oʻzgartirmoqda. Shu bois boʻlajak mutaxassislar uchun nafaqat texnik koʻnikmalar, balki ijodiy fikrlash, jamoada ishlash qobiliyati va kasbiy aloqalar ham ayniqsa muhim.