Mavzular
Sport

Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni eʼlon qildi

Ushbu sovrin uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yilning eng yaxshi futbolchisi Usmon Dembele boʻlgan.

18-noyabr, 16:09По-русски

Read in English

sports.ru

Qisqa roʻyxatda eng koʻp nomzod «PSJ»dan: parijliklar safidan sakkiz futbolchi — Usmon Dembele, Dezire Due, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya — nomzod boʻlgan.

«Barselona»ning toʻrt nafar daʼvogari bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — namoyish etadi. «Arsenal»dan esa uch nafar nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Vilyam Saliba.

«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikkitadan nomzod bilan qatnashmoqda. Qolgan klublardan bittadan futbolchi nomzod boʻlgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandes, «Liverpul»dan Dominik Soboslay va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.