Mavzular
Texnologiyalar

Oʻzbekistonda narxlar boʻyicha ochiq maʼlumotlarga ega NarxStat ishga tushirildi

NarxStat platformasida isteʼmol, uy-joy va sanoat narxlari haqidagi maʼlumotlar hududlar va tumanlar kesimida jamlangan. Axborotdan bepul foydalanish mumkin.

15-noyabr, 15:43По-русски

Read in English

Milliy statistika qoʻmitasi platformani 13 noyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida taqdim etdi. Sayt narx.stat.uz manzilida mavjud, maʼlumotlarni esa CSV va JSON formatlarida yuklab olish yoki roʻyxatdan oʻtmasdan API orqali olish mumkin.

Platformada isteʼmol narxlari indeksi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilgʻining haftalik oʻrtacha narxlari, shuningdek, uy-joy bozori hamda sanoat ishlab chiqaruvchilari narxlari koʻrsatkichlari mavjud. Foydalanuvchilar inflyatsiya va isteʼmol xarajatlari kalkulyatorlaridan foydalanishlari mumkin.

Servisda hududlar boʻyicha oʻrtacha narxlar va ularning haftalik oʻzgarishlari koʻrsatilgan xarita, tovarlar narxlari dinamikasi grafiklari, eng koʻp qimmatlashgan va arzonlashgan mahsulotlar roʻyxati bor. Shuningdek, soʻnggi yarim yildagi eng yuqori va eng past narxlarga ega tovarlar haqidagi maʼlumotlar, hududlardagi narxlarni taqqoslash, maʼlumotlarni yangilash taqvimi va hisoblash formulalari tavsifi ham mavjud.

Platforma maʼlumotlariga koʻra, oktabr oyida isteʼmol narxlari sentabrga nisbatan 0,6 foizga, bir yil ichida esa 6,5 foizga oshgan. Uy-joy qiymati uchinchi chorakda avvalgi chorakka nisbatan 1,4 foizga, yillik hisobda esa 4,8 foizga koʻpaygan.