MANAR ETÉRA Mallda yetakchi jahon brendlarini jamlamoqda
ETÉRA Mallda koʻp brendli Sneakbeat sport doʻkoni, Leviʼs, PUMA doʻkonlari, shuningdek, xalqaro riteyl-xolding Free Style Group portfelidagi boshqa brendlar doʻkonlari ochiladi. 16 noyabr kuni MANAR Development kompaniya bilan strategik hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi.

Memorandum ETÉRA Mall do‘konlari tarkibini shakllantirishda hamkorlikni nazarda tutadi. MANAR Development uchun bu yangi markazning savdo galereyasi ustidagi ishlarning navbatdagi bosqichlaridan biridir. Free Style Group tajribasi Toshkent aholisi va mehmonlarining qiziqishlarini hisobga olgan holda brendlar va do‘kon formatlarini tanlashga yordam beradi.
MANAR Development bosh direktori Davron Fayzimatov memorandum imzolanishini hamkorlikning boshlanishi deb atadi:
«Biz uchun ETÉRA Mallda yaxshi obro‘ga ega, zamonaviy xaridorlarning ehtiyojlarini tushunadigan brendlar taqdim etilishi muhim. Ishonchim komilki, markazimiz konsepsiyasi va hamkorimizning tajribasi Toshkent aholisi uchun qiziqarli savdo makonini yaratishga yordam beradi».
«Biz xaridorlar uchun yangi darajadagi makonlar yaratishga intilamiz va ETÉRA Mall bu vazifaga mos keladi. Hamkorlik bizga zamonaviy maydonda do‘konlar ochish va kolleksiyalarimizni shahar aholisi uchun yanada qulay qilish imkonini beradi», – deya izoh berdi Free Style Group bosh direktori Sona Mkrtchyan.

Rejaga ko‘ra, ETÉRA Mallning birinchi qavatida premium brendlar do‘konlari, uchinchi qavatida esa sport va bolalar tovarlari do‘konlari joylashadi. MANAR Development va Free Style Group hamkorligi savdo markazidagi do‘konlar tanlovini kengaytirishi kerak.
ETÉRA Mall MANAR Development Toshkentda, Abdulla Qodiriy va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida qurayotgan ETÉRA ko‘p funksiyali majmuasi tarkibiga kiradi. Majmuaning umumiy maydoni 35 ming kv. m, shundan 20 ming kv. m savdo markaziga ajratiladi. Majmuada, shuningdek, biznes-markaz va premium toifadagi apartamentlar ham paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonda jamoatchilik fikri onlayn-resursi tomonidan oktabr oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ETÉRA Mall poytaxtdagi eng ko‘p kutilayotgan savdo-ko‘ngilochar markaz deb topildi. Majmuaning ochilishi 2027 yil kuziga rejalashtirilgan.
Ijara va hamkorlik masalalari bo‘yicha leasing@manar.group manziliga murojaat qilishingiz mumkin
Telegram: t.me/Lease_Manager
Reklama




