Mavzular
Siyosat

Mirziyoyev 2027-yilgi xalqaro tadbirlarga tayyorgarlikni muhokama qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya, Ummon va Iordaniya bilan kelishuvlarni amalga oshirish hamda 2027-yilgi xalqaro tadbirlarga tayyorgarlikni jadallashtirishni topshirdi.

26-noyabr, 13:08По-русски

Read in English

Har bir mamlakat uchun aniq chora, muddat va masʼullar koʻrsatilgan «yoʻl xaritalari»ni ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda zarur infratuzilmani yaratish topshirildi.

Turizm, taʼlim, fan va madaniyatdagi kelishuvlarni amalga oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Vazirliklar, idoralar va hududlarga xorijiy hamkorlar bilan doimiy muloqot hamda qoʻshma loyihalarni kuzatib borish topshirildi.

Ummon safari doirasida 5 milliard dollarlik qoʻshma loyihalar portfeli shakllantirildi. Toshkentda 150 dan ortiq turkiyalik kompaniya ishtirokidagi Oʻzbekiston–Turkiya biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashning ilk yigʻilishida 11,2 milliard dollarlik investitsiya va savdo kelishuvlariga erishildi.

Yigʻilishda 2027-yilgi xalqaro tadbirlarga mazmuniy va tashkiliy tayyorgarlik, jumladan, xorijiy hamkorlar bilan maslahatlashuvlar va koʻp tomonlama hamkorlik tashabbuslarini ishlab chiqish muhokama qilindi. Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish vazifalari ham koʻrib chiqildi: 2030-yilgacha ishlab chiqarish hajmini 130 trillion soʻmga, eksportni 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.