Mavzular
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda yaylovlardan ekoturizm va asalarichilik uchun foydalanish taklif qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarini oʻzgartiruvchi hujjatni maʼqulladi.

12-noyabr, 16:00По-русски

Read in English

- Центр подготовки контента

«Yaylovlar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasida yerlarni muhofaza qilishning raqamli mexanizmlari va ularning degradatsiyasini kamaytirish choralari nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yaylovlarni iqtisodiy aktiv sifatida koʻrib chiqish va ulardan jamoat yaylovlarini tashkil etish uchun foydalanish taklif qilinmoqda.

Oʻzbekistondagi yaylovlarning umumiy maydoni 21,2 mln gektarni tashkil etadi. Shundan 16,3 mln gektari Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining hududiy yaylov xoʻjaliklari tasarrufida, 3 mln gektari oʻrmon fondiga kiradi, 1 mln gektardan ortiq maydon esa tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan. Yana 890 ming gektardan fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqa tashkilotlar foydalanadi.

Hujjatda chorvachilikdan tashqari, yaylov hududlarida ekoturizm, asalarichilik va dorivor oʻsimliklar yetishtirishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Jamoat yaylovlari instituti yerlardan mahalliy aholi foydalanishini tartibga solishi va chorva mollarini boqish uchun sharoit yaratishi kerak.

Foydalanilmayotgan yaylovlarni elektron auksionlar, investitsiya kelishuvlari va davlat-xususiy sheriklik orqali iqtisodiy muomalaga kiritish rejalashtirilmoqda. Aholi va biznes uchun yerlarni ijara shartnomalari hamda bilet mexanizmi yordamida foydalanishga berishni soddalashtirish koʻzda tutilgan.