«Grammy-2027» nominantlari eʼlon qilindi: RAYE 11 ta nominatsiya bilan yetakchilik qilmoqda va Beyonse rekordini takrorladi
Amerika ovoz yozish akademiyasi 69-musiqa mukofotiga daʼvogarlarni taqdim etdi. Taqdirlash marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesdagi Crypto.com Arena arenasida boʻlib oʻtadi. Gʻoliblarni 100 ta nominatsiya boʻyicha qariyb 16 ming nafar akademiya aʼzosi ovoz berib tanlaydi.

Asosiy sensatsiyani britaniyalik xonanda RAYE qayd etdi — u 11 ta nominatsiyani qoʻlga kiritdi. Bu bir yil ichida ayol ijodkor olgan nominatsiyalar soni boʻyicha Beyonse rekordining takrorlanishidir. Ispaniyalik xonanda Rosaliya toʻqqizta nominatsiyaga sazovor boʻldi, jumladan Lux (Complete Works) albomi va «Berghain» qoʻshigʻi uchun asosiy nominatsiyalarda. Ella Lengli, Miranda Lambert, Olivia Rodrigo va Fibi Bridjersning har biri yettitadan nominatsiya oldi. Bruno Mars, Leon Tomas va Olivia Din esa oltitadan nominatsiyaga ega boʻldi.
«Yil albomi» nominatsiyasida quyidagilar taqdim etilgan: Teylor Svift (The Life of a Showgirl), Olivia Rodrigo (You Seem Pretty Sad for a Girl So in Love), Rosaliya (Lux (Complete Works)), Bruno Mars (The Romantic), RAYE (This Music May Contain Hope.), Olivia Din (The Art of Loving), Fibi Bridjers (Lost Weekend) va Ella Lengli (Dandelion).
«Yil yozuvi» nominatsiyasida — Teylor Svift («The Fate of Ophelia»), Olivia Rodrigo («the cure»), Rosaliya, Byork va Yves Tumor («Berghain»), Bruno Mars («I Just Might»), RAYE («WHERE IS MY HUSBAND!»), Olivia Din («Man I Need»), Ella Lengli («Choosin' Texas») hamda Tame Impala va BLACKPINK guruhi aʼzosi Jenni («Dracula»).
«Yil qoʻshigʻi» nominatsiyasida — Olivia Rodrigo («the cure»), Teylor Svift («Oʻyinchoqlar tarixi 5» filmidagi «I Knew It, I Knew You»), Ariana Grande («hate that i made you love me»), Rosaliya, Byork va Yves Tumor («Berghain»), Bruno Mars («Risk It All»), RAYE («WHERE IS MY HUSBAND!»), Olivia Din («Man I Need») va Ella Lengli («Choosin' Texas»).
«Eng yaxshi yangi ijodkor» unvoni uchun Geese, Ella Lengli, Slayyyter, Sienna Spiro, Don Toliver, Remi Wolf, Angine de Poitrine va The Womack Sisters kurashadi.
Boshqa muhim nominatsiyalar qatorida: «Eng yaxshi vokal pop-albom» — Olivia Din, Ariana Grande (Petal), Bruno Mars, RAYE va Olivia Rodrigo. «Duet yoki guruhning eng yaxshi pop ijrosi» — Ledi Gaga va Doechii («Runway»), Madonna va Sabrina Carpenter («Bring Your Love»), RAYE va Hans Zimmer («Click Clack Symphony»), Teylor Svift va Sabrina Carpenter («The Life of a Showgirl»), Tame Impala va Jenni.
«Eng yaxshi raqs/elektron albom» — Madonna (Confessions II), Robyn (Sexistential), Skrillex (SOMA), Slayyyter (WOR$T GIRL IN AMERICA) va Tame Impala (Deadbeat).
«Eng yaxshi alternativ albom» — Fibi Bridjers (Lost Weekend), Charli XCX (Music, Fashion, Film), Rosaliya (LUX (Complete Works)), Geese (Getting Killed), Gorillaz (The Mountain) va Alabama Shakes (I Must Be Dreaming).
«Eng yaxshi rep albomi» — Cardi B (Am I the Drama?), Kanye Uest (Bully — Deluxe), Busta Rhymes (Dillagence II), Rapsody (God Gotta Afro & Gold Hoops), Don Toliver (Octane) va Wale (Everything Is a Lot).
«Eng yaxshi rok-albom» — Foo Fighters (Your Favorite Toy), Muse (The Wow! Signal), The Rolling Stones (Foreign Tongues), Jek Uayt (Frozen Charlotte) va Angine de Poitrine (Vol. II).
«Eng yaxshi musiqiy film» — Billi Aylish (Hit Me Hard and Soft: The Tour Live), Pol Makkartni (Man on the Run), Earth, Wind & Fire (To Be Celestial vs. Thatʼs the Weight of the World), EPiC: Elvis Presley in Concert filmi ijodkorlari va Lilith Fair: Building a Mystery – The Untold Story filmi ijodkorlari.
Bu yil yana beshta yangi nominatsiya taqdim etildi. Ular orasida Babymetal va Polyphia («Sunset Kiss»), Bini («Unang Kilig»), IVE («BANG BANG»), KiiiKiii («404 (New Era)»), LiSA («YES») va SB19 («VISA») ishtirok etadigan «Osiyo pop musiqasining eng yaxshi ijrosi»; Chris Brown va Leon Tomas («Fallin'»), Lalah Hathaway va J. Ivy («47th Street»), Kehlani va Leon Tomas («Sweet Nuthins»), PJ Morton va Keyon Harrold («Mess»), Jill Scott va JID («To B Honest») ishtirok etadigan «Birgalikdagi yoki guruhning eng yaxshi R&B ijrosi»; Olivia Din («A Couple Minutes»), Sintiya Erivo va Ariana Grande («For Good»), Laufey («Madwoman»), RAYE («I Hate The Way I Look Today»), Nicole Zuraitis va Gilad Hekselman («all thatʼs left») ishtirok etadigan «Eng yaxshi anʼanaviy pop-vokal ijrosi»; Renée Fleming va Béla Fleck (The Fiddle and the Drum), Brittany Haas (North Node), E J Ouellette (The Fiddle Funnel Sessions), Tom Paxton va John McCutcheon (Together Again), Jesse Welles (Under The Powerlines III (January 2025 – June 2025)) ishtirok etadigan «Eng yaxshi anʼanaviy folk albomi»; Karol G va Drake («Ahí»), Jorge Drexler («¿Cómo se ama?»), CA7RIEL & Paco Amoroso va Sting («Hasta Jesús Tuvo un Mal Día»), Rosaliya va Yahritza Y Su Esencia («La Perla»), Milo J («Niño») ishtirok etadigan «Eng yaxshi Lotin Amerikasi qoʻshigʻi».
Yana oʻqing

Lili Jeyms bestseller roman asosidagi «Ovchilar bazmi» trillerida bosh rolni ijro etadi
Madaniyat11:40
«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Madaniyat11:09
