Mavzular
Texnologiyalar

Mozilla Windowsʼda Edgeʼni tiqishtirish yuzasidan shikoyatlar uchun ishonch telefonini ishga tushirdi

Firefox ishlab chiquvchisi Mozilla Windows foydalanuvchilari brauzerni majburan tanlatish yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin boʻlgan 1–855-25-FIREFOX maxsus ishonch telefonini ochdi.

19-noyabr, 11:58По-русски

Read in English

habr.com

Aksiya yuridik kompaniyalar reklamasi uslubida tashkil etilgan boʻlib, dasturiy taʼminotni tanlash muammosiga eʼtibor qaratishga qaratilgan. Mozilla fikricha, Microsoft foydalanuvchilarni oʻz ekotizimida ushlab qolish uchun turli usullardan foydalanadi.

Jumladan, Windows 10’dan Windows 11’ga zaxira nusxa orqali oʻtganda, boshqa ishlab chiquvchilarning brauzer sozlamalari saqlanmay qolishi, Edge esa standart brauzerga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, Outlook, Teams va Windows qidiruvidagi havolalar, foydalanuvchi boshqa dasturni tanlagan boʻlsa ham, koʻpincha aynan Edgeʼda ochiladi.

Mozilla, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va boshqa mintaqalardagi foydalanuvchilar uchun amal qiladigan qoidalar oʻrtasidagi farqlarga eʼtibor qaratadi. Yevropa qonunchiligi tufayli Yevropa Ittifoqi aholisi brauzerlarni tanlash va oʻchirishda koʻproq erkinlikka ega boʻldi.

Kompaniya Microsoftʼni bunday amaliyotni toʻxtatishga va barcha foydalanuvchilarga tanlash uchun teng imkoniyatlar berishga chaqirmoqda.