Mavzular
Siyosat

Yevrokomissiya rossiyalik sayyohlarga viza berish tartibini qatʼiylashtirishni taklif qildi

Tashabbus Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketi loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etildi. Choralar qatoridan Yevropa Ittifoqi chegaralarini kesib oʻtishda rossiyaliklarning hujjatlari va shaxsini qoʻshimcha tekshirish ham oʻrin olgan.

24-noyabr, 15:46По-русски

Read in English

Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketi loyihasi hamda rossiyaliklarga viza berish boʻyicha yangilangan tavsiyalarni taqdim etdi. Bu haqda TASS Yevrokomissiya bayonotiga tayanib xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi davlatlariga biometrik maʼlumotlari boʻlmagan Rossiya pasportlarini qabul qilmaslik tavsiya etildi. Rossiya fuqarolarini Shengen hududining tashqi chegaralarida tekshirishda individual suhbatlar oʻtkazish va barmoq izlarini muntazam tekshirish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, Yevrokomissiya Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashgan amaldagi va sobiq rossiyalik harbiy xizmatchilarga viza berishni taqiqlashni taklif qildi. Ushbu taqiqni kuchga kiritish toʻgʻrisidagi qarorni Yevropa Ittifoqi Kengashi qabul qilishi kerak.

Sanksiyalar paketi loyihasiga, shuningdek, Rossiyaning 60 ta bankiga va 70 dan ortiq kemaga qarshi cheklovlar hamda energetika sektoriga nisbatan choralar kiritilgan. Takliflar Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan kelishib olinishi kerak.