LinkedIn rahbari mehnat bozorini «muzlab qolgan» deb atadi, biroq Z avlodida ustunlik borligini koʻrdi
LinkedIn bosh direktori Daniel Shapero yosh mutaxassislarga ish topish tobora qiyinlashayotganini, biroq sunʼiy intellektning rivojlanishi ularga tajribaliroq nomzodlar oldida ustunlik berishi mumkinligini aytdi.

U Fortune jurnaliga bergan intervyusida mehnat bozorini «muzlab qolgan» deb atadi va faoliyatini endi boshlayotganlar uchun hozir ayniqsa qiyin ekanini taʼkidladi. Shu bilan birga, ish beruvchilar Z avlodi vakillarini zamonaviy texnologiyalarni yaxshiroq biladigan va sunʼiy intellektdan samaraliroq foydalana oladigan nomzodlar sifatida koʻrishi mumkin. Bu ish jarayonlarini qayta tashkil etishga intilayotgan kompaniyalar uchun ularning jozibadorligini oshiradi.
Shapero, shuningdek, yosh ish izlovchilarga qidiruv doirasini kengaytirish va professional aloqalar oʻrnatishga faolroq kirishishni maslahat berdi. Uning soʻzlariga koʻra, ishga kirishning eng tezkor usullaridan biri — qiziqayotgan kompaniyada allaqachon ishlayotgan odam bilan aloqa oʻrnatishdir. Vakansiyalarga shunchaki ariza yuborishning oʻzi yetarli boʻlmasligi mumkin: shaxsiy tanishuvlar va tavsiyalar tobora koʻproq ishga qabul qilish jarayonining bir qismiga aylanmoqda.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
