Mavzular
Siyosat

YI budjetida 2028–2034-yillarda mudofaa xarajatlarini 232 foizga oshirish koʻzda tutilgan

Yevropa kengashi raisi Antóniu Košta 2028–2034-yillarga moʻljallangan YI budjeti boʻyicha yangi taklifni eʼlon qildi. Loyihada mudofaa xarajatlarini 2021–2027-yillardagi budjetga nisbatan 232 foizga oshirish taklif etilmoqda.

23-noyabr, 10:15По-русски

Read in English

Victor Mogyldea/Shutterstock/Fotodom / profile.ru

Taqdim etilgan variantda raqobatbardoshlikni moliyalashtirishni 120 foizga oshirish, YI manfaatlarini dunyoda ilgari surish xarajatlarini esa 23 foizga koʻpaytirish taklif etilgan. Migratsiyani boshqarish va chegaralarni nazorat qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarni ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, eng yirik budjet jamgʻarmasi yangi Umumiy qishloq xoʻjaligi siyosati va birdamlik siyosati fondi boʻlib qolishi kerak. Turli dasturlar mablagʻlarining 35 foizi iqlim va ekologik vazifalarga yoʻnaltiriladi. Koʻstaning loyihasi Yevropa komissiyasining dastlabki taklifidan 10 foizga kam: qisqarish amaldagi narxlarda 204 milliard yevroni tashkil etadi.

Irlandiya taklif qilgan variant bilan taqqoslaganda, loyiha yana 44 milliard yevroga qisqartirilgan. Jumladan, mintaqaviy rivojlanish xarajatlarini 8 milliard yevroga kamaytirish taklif etilmoqda. Budjet oʻz vaqtida kuchga kirishi uchun YI mamlakatlari uni bir ovozdan maʼqullashi, Yevroparlament esa 2027-yil oxirigacha qoʻllab-quvvatlashi kerak.