Shvetsiya rossiyalik sportchilar kirishini cheklash rejasini maʼlum qildi
Shvetsiya migratsiya vaziri Johan Forssell rossiyalik sportchilarning mamlakatga kirishini cheklash niyatini bildirdi. Qarorni mustaqil organlar qabul qiladi.
18-noyabr, 18:09По-русски

svt.se
Forssell hukumat Shvetsiyani Rossiya propagandasi maydoniga aylantirishni istamasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, qonunchilik mamlakatga u yerda boʻlish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarni kiritmaslik imkonini beradi.
Vazir yakuniy qarorni mustaqil organlar qabul qilishini, chegara politsiyasi esa uning ijrosini taʼminlashi mumkinligini taʼkidladi. 2027 yil boshida Falunda changʻi poygasi boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilishi kerak.



