Mavzular
Madaniyat

«Gremmi-2027»da qaysi aydollar nominatsiya oldi

Mukofot tarixida ilk bor Best Asian Pop Music Performance («Osiyo pop musiqasining eng yaxshi ijrosi») kategoriyasi paydo boʻldi. Unda oltita kompozitsiya taqdim etilgan.

18-noyabr, 14:56По-русски

Read in English

elle.com

6-noyabr kuni Recording Academy «Gremmi»ning 69-marosimi nomzodlarini eʼlon qildi.

Roʻyxatdan BABYMETAL va Polyphia ijrosidagi «SUNSET KISS», BINI ijrosidagi «UNANG KILIG», IVE ijrosidagi «BANG BANG», KiiiKiii ijrosidagi «404 (NEW ERA)», LiSA ijrosidagi «YES» hamda SB19 ijrosidagi «VISA» oʻrin oldi.

BLACKPINK guruhi aʼzosi Jennie alohida eʼtiborga loyiq: u Avstraliyaning Tame Impala musiqiy loyihasi bilan birga «Dracula» qoʻshigʻi uchun Record of the Year va Best Pop Duo/Group Performance kategoriyalarida ikki nominatsiya oldi.

Osiyoning yangi kategoriyasida Yaponiya, Janubiy Koreya va Filippin artistlari taqdim etilgan.

«Gremmi»ning 69-mukofotini topshirish marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi. Marosim toʻgʻridan-toʻgʻri ABC, Disney+ va Huluʼda namoyish etiladi.