Mavzular
Madaniyat

Sony «Oʻrgimchak odam: Yangi kun» filmi uchun «Oskar» nominatsiyasini qoʻlga kiritishga intilmoqda

Studiya superqahramonlar haqidagi blokbasterni «Eng yaxshi film» nominatsiyasiga taqdim etish uchun keng koʻlamli xalqaro kampaniya tayyorlamoqda.

16-noyabr, 18:07По-русски

Read in English

kinonews.ru

Sony Pictures «Oʻrgimchak odam: Yangi kun» filmi uchun «Oskar» nominatsiyasini qoʻlga kiritmoqchi. Kinostudiya raisi Tom Rotman yirik tijoriy loyihalar mualliflik kinosi qatori Amerika kinoakademiyasi eʼtiboriga loyiq, deb hisoblaydi.

Filmni ilgari surish uchun Sony mukofot kampaniyalari boʻyicha mutaxassislarni jalb qildi va ijodkorlar hamda suratga olish guruhi ishtirokidagi maxsus namoyishlarga tayyorgarlik koʻrmoqda. Tadbirlarni Los-Anjeles, Nyu-York, London, Parij, Tokio va boshqa yirik shaharlarda oʻtkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, studiya filmni yil oxirigacha qayta prokatga chiqarish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Rotman kartinaning hissiy jihatini alohida taʼkidlab, uning finali keng koʻlamli jang atrofida emas, balki ikki yoshning shaxsiy suhbati asosida qurilganini aytdi.