Mavzular
Texnologiyalar

Google kodlash va agentlik vazifalari uchun Gemini 4 Neon modelini taqdim etdi

Model 1 mln tokenlik kontekst oynasi va fikrlash chuqurligining toʻrt darajasiga ega.

19-noyabr, 12:40По-русски

Read in English

habr.com

Neon koʻp bosqichli ishlar uchun moʻljallangan: u kontekstni tahlil qiladi, vositalardan foydalanadi va ketma-ket amallarni bajaradi. Model Gemini API va Google AI Studioʻda mavjud, shuningdek, biznes foydalanuvchilari hamda Googleʼning pullik tariflariga obuna boʻlganlar orasida tarqatila boshlandi.

Gemini 4 Neon xhigh darajasida Artificial Analysis Intelligence Index reytingida uchinchi oʻrinni egalladi, bunda u kattaroq va sekinroq modellarga yutqazdi. Dasturlash boʻyicha testlarda Google koʻp faylli nosozliklarni tuzatish, kodni qayta tuzish va uzoq davom etadigan agentlik ssenariylaridagi ishlarni ham qamrab olgan yetakchi natijalarni qayd etganini bildirdi.

Narxi 1 million kiruvchi token uchun $3, 1 million chiquvchi token uchun esa $15 ni tashkil etadi. Keshdagi tokenlar uchun 1 million token narxi $0,15 etib belgilangan. Fikrlash darajalari natija sifati bilan tokenlar sarfi oʻrtasidagi muvozanatni tanlash imkonini beradi.

Neonʼning kiberxavfsizlikka moʻljallangan alohida versiyasi zaifliklarni izlash, xatarlarni tekshirish va koddagi muammolarni tuzatish uchun moʻljallangan. Google uning himoyalangan kod generatsiyasi va zaifliklarni aniqlash boʻyicha testlardagi natijalarini maʼlum qildi. Ushbu versiyaga kirish Fairwind dasturi orqali tekshirilgan mutaxassislarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.