Mavzular
Texnologiyalar

Lamborghini yigʻiladigan qattiq tomli Temerario Spyderʼni taqdim etdi

Lamborghini maksimal tezligi 343 km/soat boʻlgan yangi Temerario Spyder superkarini taqdim etdi. AQShga yetkazib berish ishlari 2027 yilning birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda.

20-noyabr, 13:53По-русски

Read in English

carexpert.com.au

Italiyaning Lamborghini kompaniyasi Temerario superkarining ochiq kuzovli versiyasi — Spyder modelini taqdim etdi. Yangilikning asosiy xususiyati — elektr yuritmali yigʻiladigan qattiq tom boʻlib, u brend kabrioletlarida ilk bor qoʻllanmoqda. Tom atigi 17 soniyada oʻrindiqlar ortiga yigʻiladi, mexanizmni esa avtomobil 50 km/soatgacha boʻlgan tezlikda harakatlanayotgan paytda boshqarish mumkin.

Avtomobil gibrid qurilma bilan jihozlangan: ikki turbinali 4 litrli V8 benzin dvigateli uchta elektr dvigatel bilan birgalikda ishlaydi. Ularning umumiy quvvati 920 ot kuchiga yetadi. Superkar joyidan 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada chiqadi, uning maksimal tezligi esa 343 km/soatni tashkil etadi.

Yoʻlovchilar qulayligi uchun sozlanadigan orqa oyna va boʻyin sohasi isitish tizimi koʻzda tutilgan. Shuningdek, xaridorlarga tashqi koʻrinish va salonni individual tarzda sozlash uchun keng imkoniyatlar taklif etiladi.

Model savdosi 2027 yilda boshlanishi kutilmoqda. AQShga dastlabki yetkazib berishlar yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan.