Nvidia SSDni ishdan chiqaruvchi grafik drayverlaridagi xatoni yana tuzatganini bildirdi
Nvidia GeForce Game Ready 621.40 WHQL drayverini chiqardi: u uch oʻyinda yangi DLSS versiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi va tizim diskidagi maʼlumotlarni ustidan yozish xatosini tuzatadi.

Warhammer 40,000: Dawn of War IV oʻyinida DLSS 4.5 Super Resolution qoʻllab-quvvatlandi. Assetto Corsa Rallyʼda DLSS 4.5 koʻp kadrli generatori, Where Winds Meetʼda esa neyron renderli DLSS 5 qoʻllab-quvvatlandi.
Tuzatish nvlog.nvlgstg fayliga taalluqli: xato sabab u tizim diskidagi maʼlumotlarni haddan tashqari tez-tez ustidan yozishi mumkin edi. Avval foydalanuvchilar GeForce Hotfix 621.35 bu muammoni hal qilmaganini bildirgan. Kompaniya tuzatish yangi versiyaga oʻzgarishsiz kiritilganmi yoki takomillashtirilganmi, aniqlik kiritmadi.
Yuqori aniqlikdan foydalanilganda Chaos Vantageʼdagi Nvidia OptiX Denoiser nosozligi ham bartaraf etildi. Windowsʼning «Photos» va «Media Player» ilovalarida DJI D-Log profilida olingan H.265 videolarini ijro etishda ranglarning notoʻgʻri koʻrsatilishi tuzatildi.
Drayver Nvidia App ilovasi va kompaniyaning rasmiy sayti orqali mavjud.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
