Olamdagi eng goʻzal qizning ismi maʼlum boʻldi
Puerto-Riko vakili Jennifer Barreto «Miss Universe — 2026» tanlovida gʻolib boʻldi. Final 24-noyabr kuni San-Xuanda 116 mamlakat va hudud vakillari ishtirokida oʻtkazildi.

Barretoga tojni avvalgi tanlov gʻolibi — Meksika vakili Fatima Bosch topshirdi. Tojning yangi sohibasi xalqaro «Miss Universe» tanlovida gʻolib boʻlgan ilk onaga aylandi. Uning Penelopa ismli yetti yoshli qizi bor. Bu gʻalaba Puerto-Riko uchun tanlov tarixidagi oltinchi gʻalaba boʻldi.
Barreto psixologiya boʻyicha bakalavr darajasini hamda psixologiya va ijtimoiy ish boʻyicha ikkita magistrlik darajasini olgan. U 2021-yildan beri Texasdagi AQSh Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, harbiy xizmatchilar oilalariga yordam bergan, oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va bolalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarida qatnashgan. Keyinchalik profilaktika boʻyicha mutaxassis boʻlgan. «Miss Universe Puerto-Riko» milliy tanlovigacha u bunday musobaqalarda qatnashish tajribasiga ega emas edi.
Finalchilarning beshligidan, shuningdek, Dominikan Respublikasi vakili Melissa Nunes, Venesuela vakili Klara Vegas, Filippin vakili Bea Millan-Vindorski va Yangi Zelandiya vakili Jorjiya Uoddington ham joy oldi.
Yana oʻqing

Lili Jeyms bestseller roman asosidagi «Ovchilar bazmi» trillerida bosh rolni ijro etadi
Madaniyat11:40
«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Madaniyat11:09
