Mavzular
Jamiyat

AQSh Yevropani Ukraina boʻyicha muzokaralarga qoʻshishga intilmoqda

AQSh prezidentining maxsus vakili Jared Kushner Yevropani Ukraina boʻyicha muzokaralarga qoʻshish kerakligini aytdi. Kreml hozircha YI bilan muloqot formatini koʻrmayapti.

12-noyabr, 15:37По-русски

Read in English

Abu-Dabidagi matbuot anjumanida Kushner Vashington muzokaralarni koʻp tomonlama formatga oʻtkazishga intilayotganini va Yevropa vakillarining ishtirokini zarur deb hisoblashini aytdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml hozircha Ukraina masalasi boʻyicha Yevropa Ittifoqi bilan oʻzaro hamkorlikning mumkin boʻlgan formatini koʻrmayotganini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, yevropaliklarning bayonotlari hozircha tinchlik jarayonini ilgari surishga koʻmaklashishga tayyorlikdan dalolat bermayapti. Shu bilan birga, Peskov maʼlum bir bosqichda bunday format muhokama qilinishi mumkinligini istisno etmadi.