Mavzular
Texnologiyalar

Huawei oʻz operatsion tizimida 100 mln qurilmaga erishilganini eʼlon qildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi HarmonyOS operatsion tizimiga ega smartfon, planshet va kompyuterlar soni 100 mln.dan oshganini maʼlum qildi. Bu kompaniyaning Androidʼga muqobil boʻlishi kerak boʻlgan oʻz dasturiy platformasini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir.

24-noyabr, 15:06По-русски

Read in English

ixbt.com

Bu natijani Huawei ijrochi direktori Yu Chengdong 2026-yil 24-noyabrda eʼlon qildi. Statistikaga HarmonyOSʼning 5-, 6- va 7-versiyalarida ishlaydigan qurilmalar kiritildi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, ekotizimda allaqachon 460 mingdan ortiq ilova va servis bor, roʻyxatdan oʻtgan dasturchilar soni esa 12 mln.dan oshgan.

HarmonyOSʼning yangi versiyasining asosiy xususiyati shundaki, u endi Android asosidan foydalanmaydi va odatiy Android ilovalarini ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlamaydi. Shu sababli Huawei dasturchilar va servis ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda oʻz dasturiy ekotizimini yaratishiga toʻgʻri keldi.

Kompaniyaga 100 mln qurilma marrasiga yetish uchun tizimning yangi arxitekturasi 2024-yil oktabrida tijoriy ishga tushirilganidan soʻng qariyb 25 oy kerak boʻldi.