Mavzular
Jamiyat

Oʻzbekiston Germaniyaning dual taʼlimni joriy etish tajribasini oʻrganmoqda

Andijon davlat tibbiyot institutida nazariy taʼlimni korxonalardagi amaliyot bilan uygʻunlashtirgan holda mutaxassislar tayyorlashga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

25-noyabr, 12:41По-русски

Read in English

gov.uz

Oʻzbekiston va Germaniya oliy taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari hamda korxonalari vakillari dual taʼlimni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Taʼlim va fan vazirligi maʼlum qildi.

Ishtirokchilar bunday taʼlimni moliyalashtirishning nemis modeli, korxonalarni qoʻllab-quvvatlash choralari, bitiruvchilarni ishga joylashtirish hamda universitetlarning ish beruvchilar bilan hamkorligini koʻrib chiqdi. Xorijlik ekspertlar koʻnikmalari mehnat bozori talablariga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlash tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Andijon dual taʼlim modeliga va uni mamlakatning boshqa hududlariga ham joriy etish imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, tizimni viloyatlarning iqtisodiy xususiyatlari va mahalliy korxonalar ehtiyojlariga moslashtirish rejalashtirilmoqda.

Dual taʼlim talabalar oʻquv muassasasidagi mashgʻulotlarni korxonadagi amaliy ish bilan birga olib borishini nazarda tutadi. Bunday model oʻqish davomidayoq kasbiy koʻnikmalarni egallash va boʻlajak ishga joylashishga yaxshiroq tayyorlanish imkonini beradi.