Mavzular
Texnologiyalar

SpaceXdagidek: Xitoyning CAS Space kompaniyasi Kinetica-2 raketalarini parallel yigʻishga oʻtdi

CAS Space Kinetica-2 Y3 va Y4 raketalarini bir vaqtning oʻzida yigʻishni boshladi. CASC maʼlumotlariga koʻra, ishlar reja asosida ketmoqda, biroq uchirish sanalari va foydali yuk hozircha oshkor qilinmagan.

23-noyabr, 12:11По-русски

Read in English

ixbt.com

Xitoyning CAS Space kompaniyasi alohida raketalarni ishlab chiqarishdan Kinetica-2 rusumidagi ikkita tashuvchi raketani parallel yigʻishga oʻtdi. Y3 va Y4 raketalarini ishlab chiqarish reja asosida davom etmoqda.

Kinetica-2 seriyali ishlab chiqarishga moʻljallab yaratilgan. Raketa yagona markaziy blokka ega unifikatsiyalangan modullardan tashkil topgan. Yoqilgʻi baklari va baklararo boʻlimlarning oʻxshash konstruksiyasi detallarni almashtirish hamda zaxira toʻplamlarini yaratishni osonlashtiradi. Kompaniya ayrim uzellarni oʻzi ishlab chiqaradi, qolgan modullar, baklar va quvurlarni esa boshqa korxonalar tayyorlaydi. CAS Space raketani toʻliq ishlab chiqarish, yigʻish, integratsiya qilish va sinovdan oʻtkazishni allaqachon yakunlagan.

Uzunligi 52 metr boʻlgan tashuvchi raketaning uchirishdagi massasi 625 tonna, tortish kuchi esa 766 tonnani tashkil etadi. U 500 km balandlikdagi Quyosh-sinxron orbitaga 8 tonnagacha yoki 200 km balandlikdagi past Yer orbitasiga 12 tonnagacha yuk olib chiqishi mumkin.

Kinetica-2 raketasining ilk uchirilishi 30 mart kuni amalga oshirildi: Y1 raketasi Dongfeng tijoriy kosmodromidan uchirildi. 3 noyabr kuni Y2 tashuvchi raketasi Qianfan guruhining 18 ta sunʼiy yoʻldoshini orbitalarga olib chiqdi. CASC bu missiyalar Xitoyning past orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlar guruhlanmasi uchun texnologiyalarni sinovdan oʻtkazishga yordam berdi va tez-tez, arzon uchirishlar tizimini yaratishga yaqinlashtirdi, deb hisoblaydi.