YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Ibn Sino va Oʻmar Xayyom merosi taqdim etildi
Xalqaro dastur doirasida ikki buyuk mutafakkirga oid tarixiy kitoblar va qoʻlyozmalar koʻrgazmasi ochildi. Shuningdek, ilmiy konferensiyalar va tojik ijrochilarining konsertlari rejalashtirilgan.

23 noyabr kuni YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) va Oʻmar Xayyomga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-madaniy dastur boshlandi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Dastlabki tadbir Ibn Sinoning fan, tibbiyot va falsafa rivojiga qoʻshgan hissasiga bagʻishlangan konferensiya boʻldi. Shu kuni Ibn Sino va Oʻmar Xayyomning kitoblari hamda tarixiy qoʻlyozmalari koʻrgazmasi ham ochildi. Koʻrgazma 27 noyabrgacha davom etadi.
24 noyabr kuni ishtirokchilar Xayyomning ilmiy va adabiy merosini muhokama qiladi, 25 noyabr kuni esa YUNESKO bosh qarorgohida tojik musiqachilarining konserti boʻlib oʻtadi. Yana bir chiqish 27 noyabr kuni Parijda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tojikiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin boshchilik qilmoqda. Dasturda YUNESKO vakillari, diplomatlar, olimlar va madaniyat arboblari ishtirok etmoqda.
Ibn Sino tibbiyot va falsafaga oid asarlari, jumladan, «Tib qonunlari» bilan tanilgan. Oʻmar Xayyom esa matematik, astronom, faylasuf va ruboiylar muallifi sifatida shuhrat qozongan.
Yana oʻqing

Lili Jeyms bestseller roman asosidagi «Ovchilar bazmi» trillerida bosh rolni ijro etadi
Madaniyat11:40
«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Madaniyat11:09
