Audible audiokitoblar sharhlarini sunʼiy intellekt yordamida ovozli taqdim etuvchi Audio Discovery funksiyasini ishga tushirdi
Audible keyingi audiokitobni parcha, syujet sharhi va tinglovchilar fikrlari asosida tanlashga yordam beradigan sunʼiy intellektli Audio Discovery funksiyasini taqdim etdi.

Yangi funksiya audiokitobdan olingan parchani uning mavzulari va tinglovchilar munosabati haqidagi qisqa bayon, shuningdek, muallif yoki Audible muharririning izohlari bilan birlashtiradi. Sharhni sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan servisning virtual ovozi oʻqib beradi. Mualliflarning izohlari Audibleʼning avvalgi intervyulari yozuvlaridan olinadi.
Audio Discovery AQShdagi foydalanuvchilarda ingliz tilidagi ayrim audiokitoblar uchun bosqichma-bosqich paydo boʻla boshlaydi. Sharhlar ochiq materiallar, jumladan, sinopsislar, metamaʼlumotlar va fikr-mulohazalar asosida shakllantiriladi. Servis, shuningdek, tinglovchining didi hisobga olingan holda tuzilgan shaxsiy tavsiyalar toʻplamlarini ham qoʻshadi.
Shu bilan birga, Audible Ask a Question va Recaps funksiyalarini ham kengaytirmoqda. Birinchi funksiya tinglashni toʻxtatmagan holda qahramonlar, syujet tafsilotlari va tarixiy ishoralar haqida savol berish imkonini beradi. Recaps esa foydalanuvchi toʻxtagan joygacha boʻlgan voqealar haqida spoylersiz qisqa audio-rezyume yaratadi.
Har ikki funksiya avval ayrim Audible Originals va jamoat mulkiga aylangan asarlarda beta-versiyada sinovdan oʻtkazilgan. Hozir ular AQShdagi qoʻshimcha audiokitoblarga ham tatbiq etilmoqda, kengroq ishga tushirish esa dekabrga rejalashtirilgan. Ulardan faqat muayyan kitobni sotib olganlar yoki Audible obunasi doirasida unga kirish huquqiga ega tinglovchilar foydalanishi mumkin.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
