Mavzular
Iqtisodiyot

CATL Xitoy tortish akkumulyatorlari bozoridagi yetakchiligini mustahkamladi

2026-yil oktabr oyida Xitoyda elektromobillar uchun akkumulyator oʻrnatish hajmi rekord darajadagi 99,4 GWh ga yetdi. Shu bilan birga, bozorning 61 foizidan koʻprogʻi ikki yirik ishlab chiqaruvchi — CATL va BYD — hissasiga toʻgʻri keldi.

19-noyabr, 18:55По-русски

Read in English

cnevpost.com

CATL 39,6 GWh hajmdagi oʻrnatishlar va 40 foizlik bozor ulushi bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Sentabrga nisbatan yetkazib berish hajmi 11,6 foizga oshganiga qaramay, kompaniyaning bozor ulushi 0,93 foiz bandiga qisqardi.

BYD 21,14 GWh koʻrsatkichi va 21,36 foizlik ulush bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning bozordagi mavqei 0,26 foiz bandiga mustahkamlandi. Ikki yirik ishlab chiqaruvchi oʻrtasidagi tafovut ketma-ket beshinchi oy qisqarib bormoqda.

CALB 8,64 foizlik ulush bilan uchinchi oʻrinni egalladi, Gotion High-tech esa Eve Energyʼdan oʻzib, toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarildi.

Litiy-temir-fosfatli batareyalar (LFP) segmentida ayniqsa sezilarli oʻsish kuzatildi. Ular barcha oʻrnatishlarning 86,9 foizini, yaʼni 86,3 GWh ni tashkil etdi. Yillik hisobda bu koʻrsatkich 27,8 foizga oshdi.