Jensen Huang janjal fonida Nvidia rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqdi
Nvidia bosh direktori Jensen Huang darhol prezident, kompaniya rahbari va direktorlar kengashi aʼzosi lavozimlarini tark etdi. Nvidiaʼni vaqtincha moliya direktori Colette Kress boshqaradi.

Bu qarorni Nvidia direktorlar kengashi eʼlon qildi. Colette Kress ijrochi vitse-prezident va moliya direktori lavozimlarini saqlab qoladi, shu bilan birga doimiy voris tayinlanguniga qadar bosh direktor vazifasini bajaradi.
Direktorlar kengashi yangi rahbarni izlashni allaqachon boshlagan. Bu lavozimga kompaniya xodimlari ham, tashqi nomzodlar ham koʻrib chiqiladi.
Avvalroq Huangning Megaspeed rahbari Alice Huang bilan yaqin aloqasi borligi haqida xabar berilgandi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, Pekin u orqali Xitoyga yetkazib berilishi cheklangan Nvidiaʼning ilgʻor chiplaridan foydalanish imkoniga ega boʻlgan boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, uning oʻziga boʻysunuvchi Nvidia vitse-prezidenti Kimberly Powell bilan nikohdan tashqari munosabatlari boʻlgani ham maʼlum boʻldi.



