Killian Merfi va Jessi Bakli Stiven Spilbergning yangi vesternida qochqin oshiq-maʼshuqlar rolini ijro etadi
Stiven Spilberg Kevin Barrining «Qishdagi yurak» romani asosida Killian Merfi va Jessi Bakli ishtirokidagi vesternni tayyorlamoqda. Suratga olish ishlari kelasi qishda rejalashtirilgan, film esa 2028 yilda namoyish etiladi.

Film Kevin Barrining 2024-yilgi romani ekranlashtirilishi boʻladi. Voqealar 1891 yil oktabrida Montanada kechadi: shoir va ichkilikboz Tom Rurk oʻtmishi shubhali, yozishmalar orqali unashtirilgan kelin Polli Gillespiga oshiq boʻladi. Shundan soʻng qahramonlar qochqin boʻlib qoladi.
Ssenariyni Pol Tomas Anderson yozgan. Spilbergning aytishicha, Merfi va Bakli u bu rollarda tasavvur qilgan «yagona aktyorlar» boʻlgan. Mark Raylens ham aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan.
Bu loyiha Spilbergning ilk vesterni boʻladi. Rejissyor va Anderson ishga tayyorgarlik jarayonida 35 millimetrli plyonkaga olingan oʻnlab vesternlarni tomosha qilgan. Filmni Focus Features ishlab chiqaradi.
Yana oʻqing

Lili Jeyms bestseller roman asosidagi «Ovchilar bazmi» trillerida bosh rolni ijro etadi
Madaniyat11:40
«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Madaniyat11:09
