Bulgari zargarlik imperiyasi merosxoʻrlaridan biri Paolo Bulgari vafot etdi
Italiyalik zargar va tadbirkor, Bulgari uyiga asos solgan shaxsning nabirasi Paolo Bulgari hayotining 90-yilida vafot etdi. Uning oʻlimi sababi oshkor qilinmadi.

Marhum bilan vidolashuv marosimi 23 noyabr kuni Rimdagi Santa-Kroche-in-Jeruzalemme bazilikasida boʻlib oʻtadi.
Bulgari 1937-yil 8-oktabrda Rimda tugʻilgan. Uning bobosi Sotirio Bulgari kompaniyaga 1884-yilda asos solgan. Paolo akalari bilan birga oilaviy ishni davom ettirib, Bulgari kompaniyasini xalqaro zargarlik brendiga aylantirishda ishtirok etgan.
Uning davrida kompaniya mahsulot turlarini kengaytirdi: zargarlik buyumlaridan tashqari, soatlar, aksessuarlar va atirlar ishlab chiqara boshladi. Bulgari yaqinlari tarqatgan bayonotda uni isteʼdodli va insonparvar inson deb atab, uning Italiyaga boʻlgan muhabbatini ham taʼkidladi.
Yana oʻqing

Lili Jeyms bestseller roman asosidagi «Ovchilar bazmi» trillerida bosh rolni ijro etadi
Madaniyat11:40
«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Madaniyat11:09
