Mavzular
Iqtisodiyot

Fitch Oʻzbekiston bank sektori islohotlari jadallashganini qayd etdi

Fitch Oʻzbekiston bank sektori islohotlari jadallashgani oʻrta muddatli istiqbollarni yaxshilaganini qayd etdi, biroq aktivlar sifati bilan bogʻliq muammolar saqlanib qolayotganini koʻrsatdi, deb yozadi Interfax.

20-noyabr, 13:02По-русски

Read in English

Shashank457 / Wikimedia Commons

Agentlik bank sektorining operatsion muhitiga berilgan bahoni «b» dan «b+» gacha oshirdi, shu bilan birga prognozni «ijobiy»dan «barqaror»ga oʻzgartirdi. Taraqqiyot, ayniqsa, bank nazoratida yaqqol koʻzga tashlanmoqda, biroq aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIMning pastligi va operatsion xatarlar hamon cheklovchi omillar boʻlib qolmoqda.

Yirik banklarni xususiylashtirish jarayoni choʻzilishi mumkin. «Oʻzbekiston-2030» strategiyasida 2027 yildan boshlab 2030 yil oxirigacha beshta bankni sotish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, Fitch muddatlar kechiktirilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Aktivlar sifati davlat banklarining zaif jihati boʻlib qolmoqda. SQB va Asakabank kreditlarni tasniflash talablarini kuchaytirdi, buning natijasida 2025 yilda hisobotlarda aks ettirilgan qadrsizlanishlar oshdi.

Fitch bahosiga koʻra, 2026 yil birinchi yarim yilligi oxiriga kelib valyutadagi kreditlar ulushi 39 foizgacha, valyutadagi depozitlar ulushi esa 19 foizgacha qisqardi. Biroq qarz oluvchilarda hanuz valyuta xatarlaridan yetarli darajada himoyalanish vositalari mavjud emas.

2026 yilning birinchi yarim yilligida bank sektori depozitlari yillik hisobda 27 foizga oʻsdi. Bu kreditlarning depozitlarga nisbatini 2021 yil oxiridagi 209 foizdan 136 foizgacha kamaytirishga yordam berdi. Koʻrsatkich yaxshilanganiga qaramay, davlat banklari hamon davlat va tashqi moliyalashtirishga bogʻliq boʻlib qolmoqda.