Mavzular
Texnologiyalar

Walmart Metaʼning Muse AI-agentiga «Qora juma» paytida siz uchun xarid qilishga ruxsat berdi

Walmart 2026-yilgi «Qora juma»ga qadar Metaʼning Muse agenti mijoz nomidan xarid qilishi uchun Agent Profiles va Walmart Agent Gatewayʼni ishga tushirdi. Integratsiya allaqachon mavjud.

25-noyabr, 13:40По-русски

Read in English

ign.com

Agent Profile Walmartʼga akkauntdagi amallarni xaridorning oʻzi emas, Muse bajarayotganini koʻrsatadi. Profilda agent va foydalanuvchi xarid qilgan mahsulotlar ham alohida aks ettiriladi. Bunda Muse Walmart ixtiyoridagi xaridlar tarixi va boshqa shaxsiy maʼlumotlarga ega boʻlmaydi.

Foydalanuvchi xarajatlar limitini belgilashi, buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin qoʻlda tasdiqlashni talab qilishi yoki agent profilini oʻchirishi mumkin. Ulanish uchun Muse ilovasi orqali Walmart akkauntiga kirish kerak. Shundan soʻng agent mahsulotlarni taqqoslashi, takliflarni izlashi va tovarlarni savatga qoʻshishi mumkin. Buyurtmani saqlangan toʻlov maʼlumotlaridan foydalanib rasmiylashtirish esa mijoz bunga ruxsat bergan taqdirdagina mumkin.