Mavzular
Texnologiyalar

Scout kelajakdagi yoʻltanlamas avtomobillari va pikaplari tafsilotlarini oshkor qildi

Volkswagen konserni tomonidan qayta tiklangan Amerikaning Scout Motors brendi yangi yoʻltanlamas avtomobillari va pikaplari bilan bozorga chiqishga hozirlik koʻrmoqda.

19-noyabr, 12:26По-русски

Read in English

postandcourier.com

The Drive nashriga bergan intervyusida kompaniya bosh direktori Skott Kio avtomobillarni ishlab chiqarish muddatlari, narxi va xususiyatlari haqida soʻzlab berdi.

Avtomobillarning boshlangʻich narxi qariyb 59 ming dollarni tashkil etadi. Yaxshi jihozlangan versiyalar xaridorlarga 80–90 ming dollarga tushishi mumkin. Ishlab chiqarishga birinchi boʻlib retro dizayndagi yoʻltanlamas avtomobil — Traveler modeli yuboriladi. Terra pikapi keyinroq paydo boʻladi, ammo uning bozorga chiqishining aniq muddatlari hozircha eʼlon qilinmagan.

Asosiy versiya akkumulyatorni qoʻshimcha quvvatlaydigan benzin dvigateliga ega gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlanadi. Eʼlon qilingan yurish zaxirasi 800 km dan oshadi, shundan qariyb 240 km masofani avtomobil faqat elektr energiyasida bosib oʻtishi mumkin. Toʻliq elektr modifikatsiyalar ham koʻzda tutilgan.

Scout avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berishni 2028 yilda boshlashni rejalashtirmoqda. Kompaniya allaqachon qariyb 212 mingta dastlabki bron olgan, biroq bu hali haqiqiy savdolarni kafolatlamaydi.

Yangi modellarning qiziqarli jihatlaridan biri shuki, Traveler va Terra avtomobillarida Jeep Wranglerʼdagi kabi yechib olinadigan eshiklar va tom boʻlmaydi. Kompaniya rahbariyati kelajakda Scoutʼning birjaga chiqish ehtimolini ham koʻrib chiqmoqda, biroq hozircha aniq rejalar yoʻq.