Mavzular
Iqtisodiyot

Brent oʻsishda davom etib, barreliga $95,03 atrofida savdo qilinmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik sababli xavotirlar fonida Brent boʻyicha yanvar fyucherslari 0,44 foizga oshib, barreliga $95,03 ga yetdi.

27-noyabr, 09:55По-русски

Read in English

aa.com.tr

Kotirovkalarni Yaqin Sharqdagi saqlanib qolayotgan keskinlik sababli yuzaga kelgan xavotirlar qoʻllab-quvvatladi.

WTI boʻyicha yanvar fyucherslari esa, aksincha, barreliga $84,41 gacha arzonladi. AQShda oʻsha kuni Shukrona kuni munosabati bilan savdo sessiyasi yopiq edi.

Bir kun avval husiylar Saudiya Arabistonidagi «Ras-Tannura» neftni qayta ishlash zavodi va Ar-Riyoddagi biznes kvartaliga zarbalar berilganini maʼlum qildi. Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi ham minalarga urilib, Ormuz boʻgʻozida yonib ketgan ikki tanker haqida xabar berdi. Idora maʼlumotiga koʻra, tankerlardan biri 2 mln barreldan ortiq neft tashigan.

PVM Oil Associates tahlilchisi Tamash Varga narxlar oʻsishini taklifning ortiqchaligi kutilayotgani va dollarning mustahkamlanishi cheklayotganini taʼkidladi. Uning bahosiga koʻra, Brent uchun yangi narx oraligʻi barreliga $88–97 ni tashkil etadi. AQSh Energetika vazirligi bir hafta davomida neft zaxiralari 1,11 mln barrelga oshganini maʼlum qildi.