Sportchi okean ifloslanishiga qarshi chiqib, Hormuz boʻgʻozini suzib oʻtdi
Britaniyalik suzuvchi Eron bilan bogʻliq mojaroning ekologik oqibatlariga eʼtibor qaratish uchun Hormuz boʻgʻozida 15 km masofani suzib oʻtdi.

56 yoshli Lyuis Pyu, BMTning okeanlar boʻyicha homiysi, mintaqadagi harbiy harakatlar va kemalarga uyushtirilayotgan hujumlarga qaramay, suzishni uch kun davomida amalga oshirdi.
Suzish boshlanganidan 20 daqiqa oʻtib, sportchi ikkita portlash ovozini eshitdi va oʻzidan taxminan toʻrt kilometr uzoqlikda yonayotgan neft tankerini koʻrdi. Ertasi kuni u gaz tashuvchi kemaga uyushtirilgan hujumga guvoh boʻldi — kema yonida alanga tillari koʻtarilardi.
Pyu tankerlarning shikastlanishi, shuningdek, neft va kimyoviy moddalar sizib chiqishi mintaqaning dengiz ekotizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini taʼkidladi. Marjon riflari, mangrov oʻrmonlari, dengiz toshbaqalari va delfinlar xavf ostida. Uning baholashicha, ifloslanish oqibatlari oʻnlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin.
Sportchi bu aksiyasi orqali urush nafaqat odamlarga va infratuzilmaga, balki tabiatga ham tahdid solayotganini eslatmoqchi boʻldi. U harbiy harakatlarni toʻxtatishga, Hormuz boʻgʻozini ochishga va ifloslanish oqibatlarini bartaraf etishga chaqirdi.



