Xitoy maxsus xizmatlari Nvidia atrofidagi mojaro yuzaga kelishidan ancha oldin ilgʻor sunʼiy intellekt chiplarini qidira boshlagan
Bu haqda bir necha mamlakatning amaldagi va sobiq razvedka xizmati xodimlari maʼlum qildi

Qidiruv ishlarida ilgari boshqa yoʻnalishlar bilan shugʻullangan Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi ham ishtirok etmoqda. Idoraning qiziqishi Gʻarb cheklovlarini chetlab oʻtishga urinish bilan bogʻliq: AQSh amerikalik kompaniyalarga, jumladan Nvidiaʼga, sunʼiy intellekt uchun moʻljallangan eng kuchli tezlatkichlarning ayrimlarini Xitoyga yetkazib berishni taqiqladi.
Yanvar oyida XXR raisi Si Szinpin Siyosiy byuroni asosiy texnologiyalarni oʻzlashtirish va texnologik «tor joylar»ni bartaraf etish uchun favqulodda choralar koʻrishga chaqirdi. Uning nutqi rasmiy matnida, shuningdek, ustuvor tarmoqlarda texnologiyalarni ishlab chiqishni jadallashtirish zarurligi aytiladi.
Amerikalik amaldorlar tadbirkor Elis Huang Nvidia rahbari Jensin Huang haqidagi maʼlumotlarni toʻplagan Xitoy razvedkasi bilan hamkorlik qilgan deb hisoblaydi. Huang jurnalistlarning soʻrovlariga javob bermadi, Pekin esa josuslik haqidagi ayblovlarni «sof uydirma» deb atadi.
Huang bilan bogʻliq kompaniyalar katta hisoblash quvvatlariga muhtoj boʻlgan Xitoy texnologik korxonalari va mudofaa pudratchilari tarmogʻiga kiradi. Shu sababli ilgʻor chiplar nafaqat biznesni, balki mudofaa sanoati bilan bogʻliq tashkilotlarni ham qiziqtirmoqda.


