Mavzular
Jamiyat

Kuchli shamol daraxtlarni qulatib, Samarqand viloyatida elektr taʼminotida uzilishlarga sabab boʻldi

19 noyabr kuni kuchli shamol Samarqand shahri, Bulungʻur va Toyloq tumanlaridagi daraxtlar hamda elektr tarmoqlariga zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Jabrlanganlar yoʻq.

20-noyabr, 11:59По-русски

Read in English

t.me

Samarqand viloyatida kuchli shamol soat 18:15 dan 20:40 gacha kuzatildi. Bir necha joyda daraxt shoxlari sindi va bu piyodalar hamda transport harakatiga xalaqit berdi. Samarqand shahridagi Ali Qushchi koʻchasida daraxt egilib, avtomobil ustiga qulab tushdi.

Qutqaruvchilar daraxtlar va shoxlarni olib tashlash hamda hududlarni xavfsiz holatga keltirish uchun hodisa joylariga yoʻl oldi. Aholiga ham zarur yordam koʻrsatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» Samarqand viloyati filialining maʼlumotlariga koʻra, qulagan shoxlar elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan va viloyatning ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlarga sabab boʻlgan.