Jensen Huangning hamrohi Alice Huangning eri Kang Weining Xitoydagi maʼlumotlar markazlari loyihalari $9 mlrd jalb qildi
Hexi Capital asoschisi Kang Weining maʼlumotlar markazlari sohasidagi loyihalari 2021–2024-yillarda $9 mlrd jalb qildi, mablagʻlarning salmoqli qismi Xitoy hokimiyat organlaridan kelib tushgan.

Amerika OAVlari Nvidia kompaniyasining sobiq bosh direktori Jensen Huangning hamrohi Alice Huangning eri Kang Wei Xitoyda maʼlumotlar markazlari qurilishi bilan shugʻullanayotganini aniqladi. Loyihalarning asosiy ishtirokchisiga Shanxaydagi Century Longteng kompaniyasi aylandi. Uning aksiyadorlari orasida shahar davlat tuzilmasi va Hexi Capital bilan bogʻliq kompaniyalar bor.
Century Longteng hokimiyat organlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan loyihalarni, jumladan, Anhuy provinsiyasining Uhu shahridagi aqlli hisoblash sanoat parkini oldi. Ushbu loyiha taxminan $4,5 mlrd investitsiyani oʻz ichiga oladi. Yana bir maʼlumotlar markazi Sichuan provinsiyasida qurilmoqda, unga kiritilgan investitsiyalar hajmi taxminan $5 mlrd deb baholanmoqda.
Alice Huang Nvidia uskunalarini xarid qilgan va kompaniyaning bulutli hamkori maqomini olgan Singapurdagi Megaspeed kompaniyasida bosh direktor hamda direktorlar kengashi raisi lavozimlarida ishlagan. Amerika OAVlari xaridlar hajmini $4–7,5 mlrd deb baholadi, biroq uskunalar Kang Wei bilan bogʻliq maʼlumotlar markazlariga yetkazilgani tasdiqlanmagan. Megaspeed faoliyati yuzasidan AQSh va Singapurda tergovlar olib borilmoqda. Kang Wei esa avvalroq aksiyalarni manipulyatsiya qilish ishi boʻyicha Shanxayda qoʻlga olingan, biroq ozod qilingan.



