Mavzular
Siyosat

Yevrokomissiya YI sanksiyalar masalalari boʻyicha boshqarmasini tuzdi

Yevrokomissiya YI sanksiyalar masalalari boʻyicha boshqarmasi tuzilganini eʼlon qildi va Lars Danielssonni ularni amalga oshirish boʻyicha maxsus vakil etib tayinladi. U 2027-yil 6-fevraldan ish boshlaydi.

18-noyabr, 18:53По-русски

Read in English

Yevrokomissiya sanksiyalar siyosatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va cheklovlarni chetlab oʻtishga qarshi kurashish maqsadida yangi boshqarma tuzilgani hamda Danielsson tayinlanganini maʼlum qildi. Boshqarma sanksiyalar bilan ishlash jarayonini choralarni ishlab chiqishdan tortib, ularni amalda qoʻllash va uchinchi davlatlar bilan hamkorlik qilishgacha boʻlgan bosqichlarda qoʻllab-quvvatlaydi.

Boshqarma, shuningdek, YI davlatlariga yordam berishni rejalashtirmoqda: cheklovlarga rioya qilish boʻyicha tushuntirishlar beradi, maʼlumotlar almashinuvini taʼminlaydi hamda iqtisodiy va texnik tahlil oʻtkazadi.

Boshqarma faoliyatini nazorat qilish Yevrokomissiya aʼzosi Mariya Luish Albukerkega topshirildi. Asosiy yoʻnalishlardan biri YIning sanksiyalar boʻyicha maxsus vakilini qoʻllab-quvvatlash boʻladi. Danielsson irlandiyalik diplomat Devid OʻSallivanning vakolat muddati tugagach, uning oʻrnini egallaydi. Shvetsiyalik diplomat 2016–2023-yillarda mamlakatining YI huzuridagi doimiy vakili boʻlgan.