Mavzular
Jamiyat

Misrda YTH: 30 kishi halok boʻldi, yana 15 kishi jarohatlandi

Qohiraning shimolida yoqilgʻi tashuvchi mashina bilan YTHdan keyingi yongʻinda kamida 30 kishi halok boʻldi, 15 kishi jarohatlandi.

26-noyabr, 15:53По-русски

Read in English

Yoqilgʻi tashuvchi mashina El-Varak hududida agʻdarilib, yonib ketgan. Yongʻin yaqinida turgan bir nechta avtomobilga ham oʻtgan. Voqea joyiga 39 ta tez yordam mashinasi yuborildi, hududdagi tibbiyot muassasalari esa kuchaytirilgan shaylik rejimiga oʻtkazildi.

Avariyadan sal avval kuchlanish ostidagi kabel avtomobil yoʻliga qulab tushgan. Bu maʼlumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.