Mavzular
Texnologiyalar

OpenAIʼning sobiq tadqiqotchisi ulushidan tushadigan daromadni sunʼiy intellekt xavfsizligiga yoʻnaltiradi

OpenAIʼning sobiq tadqiqotchisi Jeykob Kokson kompaniyadagi oʻz ulushini sotishini, undan tushadigan mablagʻni esa sunʼiy intellekt xavfsizligi loyihalariga yoʻnaltirishini maʼlum qildi.

19-noyabr, 11:03По-русски

Read in English

businessinsider.com

Kokson 2023–2026-yillarda OpenAIʼda ishlagan, keyin Anthropicʼga oʻtgan va u yerdan yaqinda ketgan. Endi u superintellektual sunʼiy intellektni ishlab chiqishda tanaffus qilish yoki jarayonni keskin sekinlashtirish tarafdori. Uning fikricha, qolgan choralar eʼtiborni chalgʻitadi.

Ulushini sotish OpenAI birjaga chiqqanidan keyin olinishi mumkin boʻlgan millionlab dollarlik foydadan voz kechishiga olib kelishi mumkin. Kompaniya bosh direktori Sem Altman avvalroq bunday joylashtirish yaqinlashayotganini aytgan edi.

Sentabr oyida Kokson OpenAI va Anthropic insonlar hayotini xavf ostiga qoʻyayotganidan ogohlantirgan edi. Shuningdek, u rekursiv oʻzini-oʻzi takomillashtirishni cheklashni talab qilmoqda — bu modellar oʻzlarini oʻzlari oʻqitadigan jarayondir. Stenforddagi chiqishida Kokson oʻz ulushini «qonli pullar» deb atagan, biroq oʻshanda undan voz kechishga tayyor emas edi.