Mavzular
Siyosat

Netanyaxuning raqibi Isroil parlamenti spikeri boʻldi

Muxolifatdagi «Yashar!» partiyasidan deputat Matan Kahana Knesset spikeri etib saylandi: uning nomzodini 120 deputatdan 66 nafari qoʻllab-quvvatladi. U «Likud» partiyasidan Amir Ohananing oʻrnini egalladi, deb xabar berdi Ynet.

18-noyabr, 13:31По-русски

Read in English

eadaily.com

Kahana muxolifatdagi yahudiy va arab partiyalarining qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻldi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bloki qoʻllagan «Likud» nomzodi Ofir Kats 52 ta ovoz oldi. Ovoz berishdan oldin qariyb yetti soat davom etgan bahs-munozaralar boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Associated Press.

Saylanganidan keyin Kahana yarashishga chaqirdi va Isroilning barcha fuqarolari uchun spiker boʻlishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, turli qarashlar davlat institutlari va boshqa pozitsiyadagi odamlarga hurmat koʻrsatishga xalaqit bermasligi kerak.